Asosiy qismga o‘tish
trylab

Foydalanish shartlari

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 11-oktabr

01Xizmat

Trylab - imtihonlarga tayyorgarlik uchun mock testlar platformasi. Natijalar taxminiy bo‘lib, rasmiy imtihon natijasini kafolatlamaydi.

02Hisob

Hisobingiz uchun o‘zingiz javobgarsiz. Bitta hisobdan bir kishi foydalanadi; botdan kelgan kirish kodini hech kimga bermang.

03Tariflar va to‘lov

Pullik tariflar tanlangan muddatga amal qiladi. Obunani istalgan vaqtda bekor qilish mumkin - to‘langan muddat oxirigacha amal qiladi. Texnik nosozlik tufayli xizmatdan foydalana olmagan bo‘lsangiz, biz bilan bog‘laning.

04Kontent

Testlar va izohlar Trylab’ning intellektual mulki. Ularni nusxalash va tarqatish taqiqlanadi.

05Halollik

Testlarni avtomatlashtirilgan vositalar bilan ishlash yoki tizimni buzishga urinish hisobning bloklanishiga olib keladi.

salom@trylab.uz · t.me/trylabuz_support